18:34 / 23.02.2024
144

Moskvada qorni tozalash robotlarga ishonib topshirilmoqda

Moskvada qorni tozalash robotlarga ishonib topshirilmoqda
FOTO: MTRK «Mir»
O‘ndan ortiq haydovchisiz mashinalar, ya’ni robotlar bog‘larni – piyodalar yo‘laklarini qordan tozalamoqda. Ular odamlarning va hayvonlarning yurishiga xalaqit bermaydi, deb xabar beradi MIR 24 nashri.

Robotni ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, bu xavfli emas. Bu robot-avtomobil maxsus sensor bilan jihozlangan. Agar biror kishi yoki hayvon uning yo‘lida to‘sqinlik qilsa, u to‘xtaydi va faqat yo‘l aniq bo‘lganda harakatni davom ettiradi.

Robot quvvat olmasdan 16 soatlik smenada ishlashi mumkin. Mashina ko‘p funksiyali: suv uchun idish, qorni olib tashlash uchun cho‘tka yoki pichoq bor. Bu mashina yilning barcha fasliga moslangan. Uning vazifasi odam yolg‘iz o‘zi yumushni uddalay olmaydigan joyda yordam berishdir. Yozgacha Moskvada bunday yordamchilar yanada ko‘payadi.

«Bizda robotlarni boshqarishning bir nechta usullari mavjud, jumladan, «Aqlli shahar» tizimidan foydalanish. Ushbu modul yordamida biz robotning qayerdaligini ko‘rishimiz va undan ma’lum texnologik operatsiyalarni so‘rashimiz, masalan, ko‘chani cho‘tka bilan tozalashni topshiriq qilib berishimiz mumkin», — deyishadi dasturchilar.

Robotlar haydovchisiz ishlashiga qaramay, ularning ishi odamlar nazorati ostida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Moskvada qorni tozalash robotlarga ishonib topshirilmoqda