Bokuda jamoat joylarida bepul Wi-Fi ishlay boshlaydi


Ozarbayjon poytaxtidagi jamoat joylari bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanadi. Bu haqda Trend'ga asoslanib Daryo xabar bermoqda.
Aytilishicha, bepul internet qamrovini kengaytirish bo‘yicha ishlar vazirlikning yaqinda ishga tushiriladigan yangi loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihalashtirish ishlari yakunlandi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad Boku aholisini bepul internet bilan ta’minlashdan iboratdir. Dastlabki bosqichda Wi-Fi nuqtalari odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda tashkil etiladi. Keyinchalik uning qamrovi kengaytirib boriladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…