Noodatiy aksessuarlari va liboslari bilan tanilgan mashhur fransuz brendi Coperni Parij shahridagi moda haftaligida yana bir bor tomoshabinlarni lol qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.
Foto: Harper’s Bazaar
2024 yilning kuz-qish kolleksiyasini namoyish etish marosimida dizaynerlar yangi Air Swipe sumkasini taqdim etdi. U 99% havo va 1% shishadan iborat.
Coperni brendi ijodiy jamoasi ta’kidlashicha, sumkaning shisha qismi aslida kremnezema aerogel nanomaterialidan iborat bo‘lib, ko‘rinishi nozik shishadek, lekin mustahkam va sinmaydi. Ushbu modda NASA tomonidan yulduz changini to‘plash uchun foydalanilgan. Chunki mazkur material o‘z og‘irligidan 4000 baravar katta bosim va o‘ta yuqori haroratga bardoshlidir.
Foto: Coperni
Sumkaning vazni o‘rtacha 30 gramm. Unga kichik predmetlar, masalan kalit yoki telefon solib yurish mumkin. Coperni aksessuarining narxi 3900 dollar bo‘lib, uni ishlab chiqarishga 8-10 hafta kerak bo‘ladi. Sumkaning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda uni qaytarib berish yoki almashtirish mumkin emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi