Foto: Getty Images / Chesnot
Ilon Mask egalik qiladigan X ijtimoiy tarmog‘i Amazon va Samsung aqlli televizorlari uchun videoilovani chiqaradi, deb yozdi Fortune kompaniyadagi manbaga tayanib.
Ilova 11 martdan keyin taqdim etiladi. Ko‘rinishidan u televizorlar uchun mo‘ljallangan YouTube ilovasiga o‘xshash bo‘ladi. Ilon Mask foydalanuvchilarni «katta ekranda uzun videolarni» ko‘rishga undamoqchi.
Ta’kidlanishicha, Mask YouTube, Twitch, Signal va Reddit bilan raqobatlashishga qaror qilgan.
Yanvar oyida Maskning kompaniyasi ijtimoiy tarmoq birinchi navbatda videoga e’tibor qaratishini e’lon qildi. Mask, shuningdek, kontent yaratuvchilarni barcha videolarini X tarmog‘iga joylashtirishga chaqirdi va u yerda reklamadan ko‘proq daromad olishlarini da’vo qildi.
2022 yil kuzida Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib oldi va ijtimoiy tarmoq nomini X deb o‘zgartirdi. Shundan so‘ng biznesmen ovozli xabarlar va videoqo‘ng‘iroqlar joriy etilishini e’lon qildi, shuningdek, platformada barcha shaxsiy xabarlarni shifrlash ham joriy etildi. Boshqa narsalar qatorida, kompaniya eToro savdo platformasi bilan shartnoma tuzdi va foydalanuvchilarga kriptovalyuta, qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar bilan savdo qilish imkoniyatini berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari