19:57 / 20.03.2024
64

Hindistonda quloqchinga ega gibrid smart-soat taqdim etildi

Hindistonda quloqchinga ega gibrid smart-soat taqdim etildi
Foto: Europaplus
2022 yilda Huawei ostida quloqchin o‘rnatilgan Watch Buds soatlarini chiqargan edi. Shunga o‘xshash gadjet Hindistonda ham paydo bo‘ldi. So‘ng mahalliy Watchout Wearables kompaniyasi Wearpods deb nomlangan quloqchinli smart-soatlarni taqdim etdi.

Foto: Europaplus
Bir qarashda WearPods oddiy smart-soatga o‘xshaydi. Hozir ularning bir necha yuz turlari bor. U nafas olish, qon bosimi va yurak urish tezligi o‘lchashdan tashqari, mikrofon va dinamika qurilmasiga ega. Ushbu elementlar smartfonni qo‘lga olmay so‘zlashish imkonini beradi. Telefon suhbati eshitilmasin desangiz, quloqchinlarni soatning yon tomonidan chiqarib olish mumkin.

Foto: Europaplus
Shuningdek, WearPods'da qadam va kaloriyani hisoblovchi funksiyalar mavjud. Shuning uchun bunday turdagi smart-soat sportchilar uchun mosdir. Unda turli xildagi jismoniy harakatlarni tartibga soluvchi yuzdan ortiq rejimlar bor.

Foto: Europaplus
Ko‘plab foydali xususiyatlarga ega mazkur soat to‘xtovsiz 25 kun davomida ishlay oladi. Quloqchinlar esa 10 soat davomida zaryadlanmay ishlaydi. Gadjetning narxi atigi 60 dollar.

Foto: Europaplus

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hindistonda quloqchinga ega gibrid smart-soat taqdim etildi