Xitoyning 5G-internetiga besh baho...

Xitoyning 5G-internetiga besh baho...
Foto: Ferra
Xitoy hukumati aql bovar qilmas raqamlarni e’lon qildi: mamlakatda 5G-internetdan foydalanayotganlar soni 851 million nafarga yaqinlashdi. Bu smartfon ishlatayotgan xitoyliklarning qariyb yarmi degani.

Bu aloqa standarti Xitoyda o‘z nomiga mos «5G-tezlik»da rivojlanmoqda. Bir yil ichida foydalanuvchilar soni 48,8 foiz ko‘paygan. Trafik umumiy hajmi esa 16,6 foizga sakradi.

Uch yetakchi aloqa operatori yanada tezroq 5G-internet — 5G-A ni sinovdan o‘tkazishga kirishgan. China Mobile rahbarining aytishicha, aynan 5G-A yangi avlod — 6G texnologiyasiga o‘tishda ko‘prik vazifasini bajaradi.

Amaldagi 2024 yilning o‘zidayoq 5G-A tarmoqlari Xitoyning 300 dan ziyod shahrida ishlay boshlaydi. 6G qachon ishga tushishi noma’lum, taxmin qilishga urinib ko‘ramiz, buning nimaligini birinchi bo‘lib xitoyliklar «tatib ko‘radi».

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar