O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishining qonuniyligi o‘rganilmoqda, bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar qonun buzilishi holati kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi. Bunda qandaydir provayder yoki kimdir ularga bu borada yordam bersa, qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, Pak O‘zbekistonda Telegram ofisining ochilishi regulyatorga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va qonun buzilish holatlarida jazolash imkonini berishini ta’kidladi.
«Telegram O‘zbekiston qonunchiligiga, jumladan, qonunlarimiz va cheklovlarimizga rioya qilishi, soliq to‘lashi va mamlakatda serverlarga ega bo‘lishi kerak. Bu fuqarolarimizni himoya qiladi va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ishlaydi», dedi u.
Avvalroq Telegram kanal egalari uchun monetizatsiyani ishga tushirgan edi. Unga ko‘ra, mingdan ortiq obunachiga ega ommaviy kanal egasi o‘z kanalida namoyish etilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olishi mumkin. To‘lov faqat raqamli kriptovalyuta TON bilan amalga oshiriladi.
Monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin, Germaniya va Isroildan boshqa davlatlarda ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi