Foto: Gagadget
Apple kompaniyasini ortda qoldirgan Samsung Electronics jahon smartfonlar bozori yetakchiligiga qaytdi. Ushbu muvaffaqiyat sun’iy intellekt bazasida ishlovchi yangi Galaxy S24 smartfonlari yaxshi sotilayotgani bilan bog‘liq.
Dunyo smartfonlar bozorida uzluksiz 13 yil peshqadam bo‘lgan Samsung birinchilikni Applega o‘tgan yil sentyabrida berib qo‘ygandi, biroq yanvarda Galaxy S24 debyutidan so‘ng yana o‘rnini qaytarib oldi. Fevralda Samsung 19,69 million dona smartfon sotib global bozorning 20 foizini egalladi, bu paytda Applening ko‘rsatkichi — 17,41 million dona (18 foiz).
Tahlilchilar Samsungning qaytishini AQSH va Yevropa bozorlaridagi yaxshi savdolar bilan bog‘lashmoqda. Qolaversa, an’anaviy tarzda Apple yetakchi bo‘lgan AQSH bozorida Samsung o‘z ulushini yanvar oyida 20 dan 36 foizga oshirib oldi va aksincha, Apple ulushi AQSH bozorida 64 dan 48 foizga tushib ketdi. Yevropa bozorida Samsung 34 foiz ulush bilan birinchilikni saqlab qoldi.
Yaqinda Amerikaning Consumer Reports jurnali Galaxy S24 Ultra kamerasini dunyoda eng yaxshi deya e’tirof etib, 87 ball qo‘ygandi, ma’lumot uchun, o‘sha baholashda iPhone 15 Pro Max kamerasi 86 ball olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi