14:06 / 10.04.2024
74

AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi

AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi
Foto: “RBK”
AQSH prezidenti Jo Bayden administratsiyasi xususiy kompaniyalar va fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” tomonidan yaratilgan dasturiy ta’minotdan foydalanishni taqiqlamoqchi. Bu haqda besh nafar amerikalik rasmiyga tayanib, CNN xabar berdi.

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti 2017 yilda kompaniyaning Rossiya razvedkasi bilan aloqasi borligini gumon qilib, federal organlarga “Kasperskiy laboratoriyasi” mahsulotlaridan foydalanishni taqiqlagan. Biroq bu chora jismoniy shaxslar va kompaniyalarga taalluqli emasdi. Yangi taqiq AQSH Savdo vazirligi tomonidan chiqarilishi kutilmoqda.

CNN manbalariga ko‘ra, “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturlarini taqiqlash buyrug‘ini ishlab chiqish yakunlanmoqda. Qaror aprel oyida e’lon qilinishi mumkin.

Ayrim “Kasperskiy laboratoriyasi” mahsulotlari va xizmatlari endi AQSHda ishlamasligi mumkin.

Taqiq antivirus dasturlariga ham qo‘llanishi mumkin. Shu tariqa Oq uy AQSHning muhim infratuzilmasi uchun xavflarni kamaytirish niyatida”, — deb yozadi CNN.

AQSH rasmiylari Rossiya hukumati “Kasperskiy laboratoriyasi” ma’lumotlaridan Amerika kompaniyalari va fuqarolari ortidan josuslik qilish uchun foydalanishi mumkin, deb hisoblaydi. Kompaniya 2017 yilda AQSHning taqiqidan hafsalasi pir bo‘lganini, chunki rasmiylar Rossiya razvedka xizmatlariga aloqadorligi to‘g‘risida dalillar keltirmagani va ayblovlar asoslanmaganini aytgan.

2016 yilda AQSHda “Kasperskiy laboratoriyasi”ning foydalanuvchi qurilmalarini himoya qilish bozoridagi ulushi 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda u 3,8 foizgacha qisqardi. Bugungi kunda kompaniya mahsulotlaridan butun dunyo bo‘ylab 400 milliondan ortiq kishi va 240 ming kompaniya foydalanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi