Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi

Kerakli o‘lchamdagi oyoq kiyimni tanlashda qiyinchilikka duch keladigan insonlar uchun xushxabar: Dizayner Mikele di-Karlo 3D printerda ishlab chiqariladigan krossovkalar konsepsiyasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, poyabzal avtomatik tarzda egasining oyoq o‘lchamiga moslashadi.

Foto: Europaplus
4Steps loyihasi 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Endilikda ota-onalar farzandi uchun har yili yangi poyabzal sotib olishlari shart emas. Kiyganda avtomatik tarzda sozlanishi mumkin bo‘lgan krossovkalar 5 xil o‘lchamga ega. Uning did bilan ishlangan dizayni esa alohida e’tiborga loyiq.

Foto: Europaplus
Bir juft krossovka vazni juda yengil — har biri 123 gramm bo‘lgani sababli poyabzal bolalar uchun qulaydir. Shuningdek, oyoq kiyim havo o‘tkazadigan maxsus yacheykali materialdan iborat.

Foto: Europaplus
Mazkur krossovkalar atrof-muhit uchun ham qator afzalliklarga ega. 3D texnologiyasi ishlab chiqarish jarayonida kam energiya sarflash imkonini beradi. Uzoq yillarga xizmat qilishi kafolatlanadigan krossovka tabiatga ortiqcha chiqindi tashlanishining oldini oladi.

Foto: Europaplus

Foto: Europaplus
Mikele di-Karlo mazkur loyihani 2017 yilda Italiyada taqdim etgan edi, biroq u poyabzalga bir nechta o‘zgartirishlar kiritishga va uni yanada takomillashtirishga qaror qildi. Dizayner mazkur loyiha poyabzal sanoatida ekologik barqarorlikka olib kelishiga ishonch bildirdi. Hozircha esa, bu shunchaki konsepsiya bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0
…