Samsung Galaxy S6 smartfoni va uning egilgan displeyli Galaxy S6 Edge ko‘rinishdagi modeli bir oydan keyin sotuvga chiqariladi, biroq smartfonda ba’zi muammolar borligi aniqlandi.
Bu yangi qurilmalarni sinovdan o‘tkazish paytida Asia Today nashri xodimlari bu qurilma sensorli ekranlarining ramkalarga yaqinroq joylar, ya’ni chetlariga bosishlarni qiyinchilik bilan anglashini aniqlashdi. Bu nuqson smartfonning ikkala modelida ham aniqlangan, biroq Samsung Galaxy S6 bilan bog‘liq muammo ko‘proq kuzatilgan.
Shu bilan birgalikda, nashr bu nuqson qurilmaning ba’zi nusxalarida yoki umuman u yoki bu darajada barcha qurilmalarda uchrashi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Xabar qilinishicha, nuqsonni maxsus dastur bilan “tuzatib bo‘lmadi”, chunki bu nuqson dasturiy emas, balki qurilmaviy muammo sababli sodir bo‘lgan. Bu esa ishlab chiqaruvchilardan ko‘proq kuch va vaqt talab etadi. Hozircha Samsung kompaniyasi Asia Today xodimlarining smartfonni bozorga chiqarish kunining o‘zgartirilishi borasidagi savollarga hech qanday rasmiy javob bermagan.
Ma’lumot uchun, Samsung Galaxy S6 smartfoni 2015 yilning 1 martida MWC 2015 ko‘rgazmasida rasman namoyish etildi. Full HD ekranga ega bo‘lgan o‘zidan oldingi modeldan farqli, bu smartfon 2560×1440 pikselli ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan 5,1-dyuymli displey bilan jihozlangan, prosessor sifatida Exynos 7420 chipi ishlatilgan. Kompaniya Qualcomm Snapdragon 810 qizib ketishi va buning oqibatida uning ishida sodir bo‘ladigan to‘xtashlar sababli uni ishlatishdan voz kechdi. Galaxy S6 bilan birga uning ikkala tomonidan egilgan displeyli Galaxy S6 Edge modeli ham namoyish etildi. Qurilmalar 10 apreldan sotilishi rejalashtirilgan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda