
Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu Max nomli metall korpusdagi smartfonni taqdim qildi. Smartfon ancha tezkor, narxi ham hamyonbop, ekranning kattaligi – 6 dyuym.
Meizu Max dizayni kompaniyaning 2016 yilda chiqarilgan boshqa telefonlaridan katta farq qilmaydi: aylana burchaklar, orqa metall korpus, plastik chiziqlar (iPhone 6s uslubida), markazda ikkita yorug‘lik diodiga ega kamera. Smartfon 3 GB tezkor xotira va Helio P10 prosessorida ishlaydi, deyiladi '"Terabayt.uz" nashri xabarida.
- Prosessor: MediaTek MT6755M (Helio P10), 8 yadroli, Cortex-A53, 1,8 GGs + 1 GGs, 64 bit, grafika Mali-T860
- Tezkor xotira: 3 GB LPDDR3
- Doimiy xotira: 64 GB
- microSD—karta: 128 GBgacha
- Ekran: 6 dyuym, 1920x1080 nuqta, 368 ppi, 1000:1, 2,5D-oyna, IPS
- Asosiy kamera: 13 MP, f/2.2, Sony IMX258, LED-chaqnoq, fazali avtofokus, avtofokus vaqti: 0,2 s
- Old kamera: 5 MP, f/2.0
- Akkumulyator: 4100 mA/st, mCharge 24W tezkor zaryadlash standarti
- Barmoq izi skaneri: mTouch 2.1
- SIM-karta sloti: gibrid (2 SIM yoki SIM+microSD)
- Kommunikasii: GPS, GLONASS, Wi-Fi (802.11a/b/g/n), microUSB, 3,5 mm, LTE
- OT: Android 6.0.1 Marshmallow, interfeys: Flyme OS 5.2
- Gabaritlari: 163,3x81,6x7,9 mm
- Og‘irligi: 189 g
Smartfon Xitoyda sotuvga chiqarilgan. Narxi – 1699 yuan (254 dollar).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar