15:51 / 21.05.2024
82

Ilon Mask chipi yana bir ko‘ngillining miyasiga o‘rnatiladi

Ilon Mask chipi yana bir ko‘ngillining miyasiga o‘rnatiladi
Foto: Getty Images
Amerikalik biznesmen Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi AQSH oziq-ovqat va farmatsevtikani nazorat qilish boshqarmasidan ikkinchi ko‘ngillining miyasiga chip o‘rnatishga ruxsat oldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Avvalroq Mask X ijtimoiy tarmog‘ida kompaniya miya chipining ikkinchi qabul qiluvchisi bo‘lishni istagan shaxslardan arizalar qabuli boshlanganini yozgan.

Bu bizning kibernetik miya implantimiz “Telepatiya” bo‘lib, u telefon va kompyuteringizni faqat o‘ylash orqali boshqarish imkonini beradi”, — deydi Mask.

Implantatsiya qilingan qurilma qabul qiluvchi kapsula bo‘lib, u eshitish vositasi kabi quloq orqasiga o‘rnatiladi. Miyaga jami 1500 tagacha elektrod joylashtiriladi. Bitta protsessor 10 ming elektroddan olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi.

WSJ’ga ko‘ra, amerikalik regulyator birinchi sinov ishtirokchisida kuzatilgan muammolardan keyin Neuralink chipini implantatsiya qilish jarayoniga o‘zgartirishlarni ma’qullagan. Yelkasidan past qismi shol bo‘lgan erkakka chip 2024 yil yanvar oyi oxirida implantatsiya qilingan.

Neuralink uning shaxmat o‘ynayotgani, o‘z fikrlari yordamida harakatlar qilgani aks etgan videoni chop etgan edi.

Operatsiyadan bir oy o‘tgach, ishlab chiquvchilar qurilmadagi nosozliklarni aniqlagan. WSJ chip elektrodlarining aksariyati noto‘g‘ri bo‘lib qolgani va endi signallarni o‘qiy olmasligini aytgan.

Neuralink bunday muammo takrorlanmasligi uchun chipni ikkinchi ko‘ngilli miyasining motor korteksiga chuqurroq joylashtirish niyatida.

"2024 yil oxirigacha Neuralink qurilmalarni 10 nafar ko‘ngilliga implantatsiya qilishni, shuningdek, Kanada va Buyuk Britaniyada o‘z chiplari bilan sinovlar o‘tkazish uchun ariza topshirishni kutmoqda", — deb yozadi WSJ.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask chipi yana bir ko‘ngillining miyasiga o‘rnatiladi