16:30 / 25.05.2024
100

MyGov mobil ilovasi yangilandi: jarimalarni tekshirish va boshqa imkoniyatlar

MyGov mobil ilovasi yangilandi: jarimalarni tekshirish va boshqa imkoniyatlar
Yagona portal jamoasi MyGov mobil ilovasining yangilangan 3.2.81 talqinini taqdim etdi. Qayd etilishicha, unga ko‘p qulayliklar kiritilgan.

Jumladan:
  • 3800 dan ortiq xizmatlarga onlayn to‘lov: endi siz yanada ko‘proq davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni uyingizdan chiqmasdan turib amalga oshirolasiz.
  • Takomillashgan «Avtotransport» bo‘limi: jarimalar uchun to‘lovni amalga oshirish hamda oynalarni qoraytirish, sug‘urta va texnik ko‘rik ma’lumotlari va muddatlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
  • «deeplink» funksiyasi qo‘shildi: ilovadan izlamay, SMS habarnomada yuborilgan havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmatlar uchun to‘lov qilasiz.

Shuningdek:
  • Asosiy sahifadagi «Vidjet» oynasi takomillashtirildi: eng kerakli funksiyalarga tezkor kirish imkoniyati yaratildi.
  • «Mening hujjatlarim» bo‘limi shakllantirildi: elektron hujjatlaringizni bir joyda saqlash va boshqarish mumkin bo‘ldi.
  • Ilova dizayni ustida qayta ishlanib, matnlardagi xatolar va kamchiliklar bartaraf etildi.

MyGov mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: android / iOS.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » MyGov mobil ilovasi yangilandi: jarimalarni tekshirish va boshqa imkoniyatlar