Bugun, 7-sentyabr kuni Apple kompaniyasi yangi iPhone 7 telefonini rasman tanishtiradi. Taqdimot marosimi Toshkent vaqti bilan 22:00da Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Yangi tishlangan «olma» gadjetining taqdimotiga 300 kishi taklifnoma olgan bo‘lsa, Apple kompaniyasining boshqa muxlislari bu marosimni internet tarmog‘ida kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Unda, taxminlarga ko‘ra, iPhone 7dan tashqari MacBook Pro 2016 noutbugining yangi avlodi va Apple Watch 2 “aqlli”soati ham namoyish etiladi.
Yangi smartfon, suratlarda ko‘ringanidek, uch xil tusda: oltin, kulrang va pushti rangda hamda uch xil qiymatda: arzon, qimmat va eksklyuziv namunada ishlab chiqiladi.
Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan ma’lumotlarga binoan, iPhone 7 ekrani diagonaliga 4,7 dyuymni, o‘lchami — 1334x750 pikselni tashkil etadi. Gadjetning operativ xotirasi 2 Gb bo‘lib, Apple A10 prosessori hisoblash ishlarini bajaradi. Uning kamerasi 12 megapikselli bo‘lib, sensori 1/2.6 dyuymlidir. Bu esa, iPhone 7 egasiga yorug‘lik etarli bo‘lmagan taqdirda ham ajoyib suratlar olish imkonini beradi. Yangi qo‘l telefoni akkumulyatorining quvvati 1960 milliamper-soatni tashkil etadi.
Internetda mavjud suratlarga ko‘ra, EarPods garniturasi iPhone 7da Lightning ulagichi vositasida quloqchinga ulanadi. Bu esa, har qanday quloqchinlardan maxsus o‘tkazgich bo‘lmasa foydalanish imkonini bermaydi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Apple yangi mahsuloti narxi 795dan 1,3 ming AQSh dollarigacha boradi. Biroq, uning aniq bahosi taqdimot vaqtida e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi