Tez orada o‘z smartfonlarini butun dunyo bo‘ylab sotayotgan Lenovo, Huawei, Xiaomi, Meizu kabi Xitoy brendlari qatoriga yana bitta brend kelib qo‘shiladi. Hozircha uning nomi sir tutilmoqda. Internetda paydo bo‘lgan tizerli suratda ham uning nomi yashirilgan. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.
Shunga qaramay, sirli savdo markasi chiqaradigan model nomi allaqachon ma’lum bo‘lgan — smartfonni Rio deb atashdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qurilma 5,5 dyuymli AMOLED displey, metall korpus, Home tugmasidagi barmoq izi skaneri, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Smartfon 129 dollar narxda sotiladi.
Rio smartfoniga dastlabki buyurtmalarni berish 10 sentyabrdan boshlanadi. Model to‘rt xil — kumushrang, kulrang, tillarang va pushti rangida chiqarilishi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi