07:08 / 18.06.2024
315

Ilon Mask telefonsiz kelajakni bashorat qildi

Ilon Mask telefonsiz kelajakni bashorat qildi
Foto: Bloomberg
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask kelajakda odamlar telefonlardan foydalanishni to‘xtatishi va muloqot qilish uchun miya implantlari kerak bo‘lishini aytdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

X tomonidan yaratilgan yangi telefonni fikr kuchi bilan boshqarish uchun miyangizga Neuralink interfeysini o‘rnatgan bo‘larmidingiz?” — deb so‘ralgan Maskdan.

Milliarder mazkur savolga X ijtimoiy tarmog‘ida izoh qoldirib, kelajakda mobil qurilmalar umuman kerak bo‘lmasligini aytgan.

Kelajakda telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink bo‘ladi”, — degan u.

Ilon Mask yanvar oyida Neuralink implanti o‘rnatilgan birinchi bemor haqida ma’lumot berib, uning ahvoli yaxshi ekanini aytdi. Keyinchalik tadbirkor qurilmaning ishlashi bo‘yicha olingan dastlabki ma’lumotlar istiqbolli natijalarni ko‘rsatganini ta’kidladi.

Nueralink qanday kompaniya?

Neuralink tashqi qurilmalarni fikr kuchi bilan boshqarishga yordam beradigan mikrochip ishlab chiqmoqda. U falaj odamlarning miyasiga o‘rnatilganda ularga turli harakatlarni bajarishga yordam berishi kerak. Kompaniya hayvonlar ustida ko‘plab tajribalar o‘tkazgan. Neuralink hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikda ayblangan, unga qarshi tergov boshlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask telefonsiz kelajakni bashorat qildi