Alphabet xoldingi dronlari burrito yetkazib berish bilan shug‘ullanadi


Alphabet xoldingi (Google uning sho‘’basi) Virginiya politexnika universiteti talabalariga Project Wing loyihasining uchuvchisiz uchar qurilmalari yordamida burrito yetkazib berish bo‘yicha sinov loyihasini ishga tushiradi, deb yozadi "Daryo" nashri.
Tovarlarni kichik va o‘rta masofalarga uchuvchisiz uchar qurilmalar orqali etkazish avtotransport yoki kuryerlardan foydalangandan ko‘ra, tijorat jihatidan foydaliroqdir, shu tufayli ko‘plab kompaniyalar bunday tizimlarga qiziqib qolgan.
Alphabet xoldingi Chipotle Mexican Grill restoranlar tarmog‘i va Virginiya politexnika universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan loyiha 2016 yil sentyabrda boshlanadi. Dron eng yaqin masofada joylashgan, avtofurgon bazasidagi ko‘chma kafedan burrito yetkazib beradi, bunda u avtonom rejimda harakatlanadi, faqat zaruriyat bo‘lganida, operator parvozga aralashishi mumkin.































Izohlar 0
…