20:35 / 25.06.2024
268

O‘zbekistonliklar Hamster o‘yinini o‘ynashi mumkinmi?

O‘zbekistonliklar Hamster o‘yinini o‘ynashi mumkinmi?
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining bildirishicha,“Hamster Kombat” o‘yini Play to earn (o‘yin orqali real pul yoki boshqa qimmatli mukofotlarni olish mumkin bo‘lgan) toifasidagi o‘yinlar qatoriga kirmaydi. Chunki o‘yinda to‘plangan tangalar (hisob birliklari) utilitar kripto-aktivlardan farqli o‘laroq, ta’minlanmagan va real foyda keltirmaydi.

Agentlikning tushuntirishicha, Hamster kripto-aktiv hisoblanmaydi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, kripto-aktiv bu – ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn)dagi raqamli yozuvlar yig‘indisi bo‘lgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq.

Hamster o‘yinida to‘plangan hisob birliklari yuqoridagi ta’rifga mos kelmaydi va blokcheynga ega emas.

Biroq kelajakda “Hamster Kombat”dagi tangalar blokcheynga o‘tishi va shu bilan kripto-aktivga aylanishi mumkinligi inkor etilmaydi.

Keyinchalik, kripto-aktivni tarqatish maqsadida u kripto-platformalarda listingdan o‘tkazilishi mumkin. Biroq bunday kripto-aktivlar aks hollarda foydali funsionallikning yo‘qligi sababli ro‘yxatga olinganidan keyin qisqa vaqt ichida qadrsizlanadi
”, - deyiladi rasmiy xabarda.

ILMA “Hamster” o‘yinida to‘plangan hisob birliklarini ular kripto-platformalarda ro‘yxatga olinganidan keyin xarid qilish yoki sotish qonuniy bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.

Rasmiy izohga ko‘ra, o‘yinda to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv deb tan olinsa, ularni faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali xarid qilish yoki sotish mumkin bo‘ladi. Bunda ular kripto-birja kotirovkalash varag‘i yoki kripto-do‘konning savdo savatiga kiritilgan bo‘lishi zarur.

Agentlik o‘yinning xisob birliklari blokcheynga ega bo‘lmagunicha, ularning aylanmasini tartibga solish agentlik vakolatiga kirmasligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonliklar Hamster o‘yinini o‘ynashi mumkinmi?
ePN