48
Yevropa Ittifoqida sun’iy intellektni tartibga soladigan dunyodagi birinchi qonun kuchga kirdi
Foto: AP
Yevropa Ittifoqida 1 avgustdan sun’iy intellektga asoslangan tizimlardan foydalanishni tartibga soladigan dunyodagi birinchi qonun kuchga kirdi. Uning maqsadi — sun’iy intellektga bog‘liq xatarlarni kamaytirishdan iborat. Yevrokomissiya ushbu qonun talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan organni tuzadi. Unga bo‘ysunmaganlarni katta miqdorda jarimaga tortish ko‘zda tutilgan.
Dunyodagi birinchi bunday normativ akt barcha sun’iy intellektga asoslangan tizimlarni xavf darajasiga ko‘ra — pastdan nomaqbulgacha tasniflaydi. U ushbu vositalardan, jumladan, yuzni aniqlash tizimlari, bashoratli tahlillar va generativ sun’iy intellektdan foydalanish qoidalarini belgilaydi. 2025 yil fevraldan boshlab esa ayrim istisnolar bilan bo‘lsada real vaqt rejimida yuzni tanish kabi imkoniyatlar cheklanadi.
Sun’iy intellektning chegaralarda noqonuniy muhojirlarni aniqlashda ishlatiladigan «yuqori xavf» toifasiga kiruvchi vositalari qat’iy tartibga solinadi: kompaniyalar va davlat xizmatlarida unga moslashish uchun ikki yil muddat bor.
«Bu sun’iy intellektdan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarga qarshi kurashishga qaratilgan dunyodagi birinchi qonunchilik akti. Shu bilan birga, u sun’iy intellektdan foydalanishga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi va Yevropada ushbu texnologiyadan yaxshi maqsadlarda foydalanish istagida bo‘lganlarga ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi», — deydi Yevroparlament deputati Brando Benifei.
Yevrokomissiya qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi organ tuzadi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda milliy nazorat institutlari paydo bo‘lishi kerak. Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen qonun kuchga kirganini olqishlab, u sun’iy intellekt rivojlanishiga xizmat qilishi va bir vaqtning o‘zida Yevropadagi kichik hamda o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi