Foto: Global Look Press
Sun’iy intellektga ega chat-botlar foydalanuvchilarga biologik qurol yaratishda yordam berishga qodir, deb xabar beradi Bloomberg.
Agentlikning ta’kidlashicha, sintetik biologiya (uning yordamida olimlar yangi biologik tizimlarni yaratgan holda gen va genomlarni boshqaradi) hamda sun’iy intellekt kabi innovatsiyalarning birlashuvi hukumatlar uchun qo‘rqinchli tushga aylanishi mumkin. Chunki generativ sun’iy intellekt takomillashishni davom etmoqda, Massachusets texnologiya instituti biologi Kevin Esveltga ko‘ra, odamlar undan ayni vaqtda mavjud bo‘lmagan virus va toksinlar turlari kabi «eng jirkanch narsalarni yaratishda» foydalanish ehtimoli mavjud. «Bugun bulardan himoyalana olmaymiz», — deydi Esvelt.
2023 yilning bahorida biokimyogar va BMTning sobiq inspektori Rokko Kasagrande Oq uy amaldorlarini chat-botlar yordamida biologik qurol yaratish mumkinligi haqida ogohlantirgan edi: neyrotarmoqlar terrorchilarga biologik agentlarni aniqlashda yordam berishga qodir. «Har bir terrorchining o‘zini kichik olimi bor deb tasavvur qilib ko‘raylik?» — degandi u.
Kasagrande bunday xulosaga Claude chat-botini yaratgan Anthropic kompaniyasi undan neyrotarmoqning ilmiy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib berishni so‘raganidan keyin kelgan. Anthropic asoschilaridan biri Jek Klarkning so‘zlariga ko‘ra, u va uning jamoasi Claude hamda boshqa chat-botlar foydalanuvchilarga potensial xavfli viruslarni yaratishni o‘rgatishi mumkinligidan xavotirda bo‘lgan.
Jon Hopkins universiteti huzuridagi Sog‘liqni saqlash sohasida xavfsizlik markazi direktori Tom Inglesbi o‘z navbatida, hukumat sun’iy intellekt ustida ish olib borayotgan kompaniyalarni muntazam nazorat qilib borishi va qattiqroq pozitsiyada turishi kerak deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi