Turkiya Instagram'ni blokdan chiqarish shartini aytdi

Turkiya Instagram'ni blokdan chiqarish shartini aytdi
Foto: Google Images
Turkiya hukumati agar Meta kompaniyasi uzr so‘rasa, Instagram'ni blokdan chiqarishga tayyor. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li Anqarada ma’lum qildi.

U Instagram Ismoil Haniyaning o‘limi to‘g‘risidagi ba’zi postlarni ogohlantirishsiz o‘chirib tashlaganini aytib o‘tdi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, muhokamalar davom etmoqda va jarayon nazorat ostida.

Ma’lumot uchun, 2 avgust kuni Turkiya Instagram'ga kirishni yopgan edi. Bunga platforma HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya haqidagi postlarni bloklagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar