06:57 / 09.08.2024
48

Apple kompaniyasi sobiq xodimlari yaratgan ekransiz smartfonga qiziqish past bo‘ldi

Apple kompaniyasi sobiq xodimlari yaratgan ekransiz smartfonga qiziqish past bo‘ldi
Foto: Humane
«Smartfonlar o‘rnini egallashi» haqidagi balandparvoz va’dalarga qaramay, Apple kompaniyasining sobiq xodimlari tomonidan asos solingan Humane startapining ichki hujjatlari uning sun’iy intellektga asoslangan AI Pin qurilmasi sotuvi muvaffaqiyatsiz bo‘lganini ko‘rsatdi. Bu haqda Gizmodo yozdi.

Qayd qilinishicha, shu vaqtgacha jami 10 mingga yaqin qurilma sotilgan bo‘lsa, ularning 3 mingdan ortig‘i kompaniyaga qaytarilgan. Vaholanki, kompaniya yil davomida 100 mingta qurilma sotishni rejalashtirgan edi.

AI Pin qurilmasining muvaffaqiyat qozona olmagani uning sifati pastligi va bema’niligi bilan izohlanmoqda. Taniqli texnobloger Mark Braunli uni o‘zi sharhlagan eng yomon gadjetlardan biri deb atadi. Qurilmaning narxi 699 dollardan boshlanadi, bundan tashqari oyiga 24 dollar obuna puli to‘lash ham talab qilinadi.

Humane AI Pin - kiyimga biriktiriladigan ekransiz smartfon. Barcha ma’lumotlar proyektor orqali kaftga uzatiladi, nazorat ovoz va imo-ishoralar orqali amalga oshiriladi. Gadjet GPT-4 til modeli asosidagi bir qator sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gizmodo qayd etishicha, Humane smartfoni hech kimga foyda keltirmagan yagona kompaniya emas. Misol uchun, ovozli buyruqlar orqali ilovalar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan sun’iy intellektga ega Rabbit R1 qurilmasi yanada muvaffaqiyatsiz chiqqan. Aftidan, smartfonlarning «o‘limi» noma’lum muddatga qoldirildi, deb ta’kidlamoqda nashr.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi sobiq xodimlari yaratgan ekransiz smartfonga qiziqish past bo‘ldi