
Japan Display kompaniyasi In-cell Touch texnologiyasidan foydalanuvchi WQHD-displeylarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish texnologiyasini birinchi bo‘lib o‘zlashtirganini ma’lum qildi.
In-cell Touch tizimi sensorli datchiklarni bevosita ekran sirti ostida joylashtirishni nazarda tutadi, bu alohida panelni o‘rnatish zaruriyatidan xalos etib, displey modulining qalinligini kamaytiradi.
Japan Display kompaniyasining ushbu yangi ekranlarida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Pixel Eyes deb nomlanuvchi In-cell Touch texnologiyasidan foydalaniladi. Ekranga barmoq tekkizilgani TFT-qatlam va rang filtrlari orasidagi elektrodlar hajmining o‘zgarishi bo‘yicha aniqlanadi. Pixel Eyes ekranlariga barmoq yoki pero yordamida ta’sir qilish mumkin bo‘ladi.
Japan Display panellarining o‘lchami diagonal bo‘yicha 5 dyuymni tashkil qiladi, ko‘rsatish qobiliyati 2560×1440 nuqtani (piksellar zichligi 500 ppi qiymatdan ko‘proqni) tashkil qiladi). Yorug‘lik 500 kd/m2 ni, tipaviy kontrastlik 1500:1 ni tashkil qiladi. Ko‘rish burchagi 160 gradusdan ko‘proqni tashkil qiladi va bu NTSC rang yuzasining 85 foizini qamrab olish hisobiga ta’minlanadi.
Displeylar high-end-sinfdagi, ya’ni eng oliy sinfdagi smartfonlarda o‘z tatbig‘ini topishi mumkin. Bunday qurilmalar joriy yilda sotuvda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar