Foto: Getty Images
Amerikaning Apple kompaniyasi iPhone 16 seriyali smartfonlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Koreyaning ET News nashri xabar berdi. iPhone 16 smartfonlarining rasmiy taqdimoti sentyabr oyida o‘tkaziladi.
Manbalarning xabar berishicha, Apple kompaniyasining janubiy koreyalik hamkorlari – Samsung Display va LG Display – OLED panellari ishlab chiqarishni kengaytirgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu Apple yangi iPhone ekranlarini yig‘ish uchun ko‘p miqdorda old panellarga muhtoj bo‘layotganini anglatishi mumkin.
Apple 90 million yangi telefon chiqarishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Samsung Display va LG Display korporatsiyani 120 million panel bilan ta’minlaydi. Buyurtmaning katta qismi – 80 million OLED panel – Samsung Display tomonidan yetkaziladi. Ta’minotning bir qismi uchun BOE ham mas’ul hisoblanadi, uning panellari hozir ishlab chiqarish boshlanishidan oldin Apple tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda.
ET News nashri xulosasiga ko‘ra, ommaviy ishlab chiqarishning boshlanishi Amerika IT giganti yangi gadjetlarni o‘z vaqtida e’lon qilish niyatida ekanini bildiradi. Apple sentyabr oyida iPhone 16 smartfonlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»