Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, Malayziyaning Meraque Group Snd Bhd kompaniyasi direktori I.Li bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikning har ikki tomon uchun ham birdek manfaatli yo‘nalishlari amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Tomonlar o‘rtasida Malayziya kompaniyasining bog‘larga ishlov beruvchi, dalalarga o‘g‘it sepuvchi “aqlli” minitexnikalari hamda aynan qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun mo‘ljallangan maxsus dronlarini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish masalalari ham muhokama etildi.
Uchrashuv so‘ngida kompaniya tomonidan kichik hajmdagi aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish tizimini Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi