Foto: Bloomberg
Apple joriy yilgi o‘z mahsulotlari namoyishiga bag‘ishlangan tadbirni 10 sentyabrda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uning doirasida yangi iPhone modellari seriyasi, soatlar va AirPods taqdim etiladi, deb xabar beradi Bloomberg.
Aniq sana hozircha e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, kompaniya aynan 10 sentyabr kuni taqdimot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shundan so‘ng telefonlar 20 sentyabrdan boshlab sotuvga chiqadi — bu Apple'ning oxirgi yillardagi siyosatiga mos keladi.
Tahlilchilar iPhone 16 seriyasi keskin o‘zgarishlarga ega bo‘lishi va iPhone'lar uchun dasturiy ta’minot yangilanishini kutmoqda. U sun’iy intellekt funksiyasini o‘z ichiga oladi.
Yangi savdolar Apple daromadining ortishi va sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarni jalb etishi fonida yuz bermoqda. Biroq uchinchi chorakda kompaniyaning Xitoydagi savdolari kutilganidek bo‘lmadi. Visible Alpha ma’lumotlariga ko‘ra, Apple'ning uchinchi chorakda Xitoydagi savdolari 6,5 foizga tushib ketgan.
Apple kompaniyasi iyun oyida o‘tkazilgan har yillik anjumanida sun’iy intellekt sohasidagi uzoq kutilgan strategiyasini taqdim etgandi. Apple Intelligence nomini olgan yangi texnologiya bir qator dasturlarni, jumladan, Siri'ni, ChatGPT chat-botini o‘zida o‘zida birlashtiradi.
Avgust boshlarida Apple iPhone 16 seriyali smartfonlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Apple 90 million yangi telefon chiqarishi kutilmoqda. Shu bilan birga Samsung Display va LG Display korporatsiyani 120 million panel bilan ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi