AQShning yirik texnologik korporasiyalari Oq uy bilan birga qochqinlarga yordam berish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirdilar, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Xususan, Google kompaniyasi 10 ming livanlik bolaga bepul ta’lim beruvchi nodavlat tashkilotlari uchun texnik mutaxassislarini moliyalashga va kreditlashga va’da berdi. Bundan tashqari, korporasiya evropalik qochqinlar uchun umumiy qiymati 5,3 mln dollar bo‘lgan Chromebook noutbuklarini xayriya qildi.
"Feysbuk" rahbariyati Gresiya bo‘ylab 35 ta hududda bepul Wi-Fi-ulanishni ta’minlashni rejalashtirmoqda va qochqinlar lagerlariga internetga bepul kirishni taqdim qilish uchun BMT bilan hamkorlikni davom ettiradi. Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, muhojirlarga yordam beruvchi jamoatchilik tashkilotlariga mablag‘ yig‘ib beradi. Bundan tashqari, kompaniya qochqinlar o‘zlarining texnik va tadbirkorlik malakalarini rivojlantira oladigan innovasion markaz qurmoqchi.
HP Inc. ham Livan va Iordaniyada kattalar va bolalar uchun 6 ta qochqinlarni o‘qitish markazi qurishni rejalashtirmoqda.
Bu kompaniyalardan tashqari, muhojirlarga yordam berishda Twitter, Coursera6 Zynga, Uber, LinkedIn, IBM va TripAdvisor kompaniyalari ham ishtirok etmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi