Vertu (Angliya) rasmiy veb-saytida yana bir yangi mahsulot paydo bo‘ldi — Signature V Cobra Limited Edition tugmachali telefoni. Funksionallik jihatdan telefon juda oddiy: unda faqat qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS yozish mumkin. Buni 2 dyuymli displeyga ega kichik qurilmaning ko‘rinishi yaqqol tasdiqlaydi. Ammo u texnik xususiyatlari emas, balki dizayni bilan e’tiborni tortadi.
Telefon dizayni Fransiyaning Frederic Boucheron qirollik zargarlik uyi bilan birgalikda yaratildi. Asosiy bezak sifatida qadimgi Misr mifologiyasida kuch va donolik ramzi bo‘lgan kobra tanlandi. U 439 ta pushti yoqutdan yasalgan, sudraluvchining ko‘zlari o‘rniga ikkita yashil zumrad qadalgan. Shuningdek, ilon boshi yonida 2,02 karatli nok shaklidagi olmos, tanasida esa 1,02 karatli olmos bor.
Gadjet klaviaturasi yaxlit yoqutdan yasalgan, tashqi tomoni esa qimmatbaho toshlar bilan qoplangan. Ta’kidlanishicha, bu ish uchun dizaynerlarga 4 yil kerak bo‘ldi. Qurilmaning orqa tomonida Vertu logotipi va Frederic Boucheron belgisi bo‘lgan zargarlik bir nechta vintlar va oltin qoplamali metall ilovani ko‘rish mumkin. Telefonda kamera yo‘q.
Vertu Signature V Cobra Limited Edition kompaniyaning rasmiy veb-saytida 504 308 dollar narxda sotilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”