21
Google Hindiston kompaniyasi bilan kasallikni «eshitadigan» sun’iy intellekt yaratishni boshladi
Foto: Reuters
Google o‘tgan hafta insondan chiqadigan tovushlar orqali kasallikni aniqlashga qaratilgan bioakustik modelni yaratish uchun Hindistonning sun’iy intellekt sohasidagi startapi bilan birlashdi, deb xabar beradi Bloomberg.
Bioakustika — bu biologiya va akustikaning o‘ziga xos kombinatsiyasi bo‘lib, hayvonlar va odamlardan chiqarilgan tovushlardan ma’lumot olishga yordam beradi. ChatGPT'ga butun dunyo bo‘ylab 200 million foydalanuvchini olib kelgan generativ sun’iy intellekt endi mazkur sohada yangi funksionallik darajasini qo‘shmoqda.
Alphabet Inc. tomonidan yaratilgan asosiy SI modellaridan biri kasallikning dastlabki belgilarini bashorat qilish uchun audio signallardan foydalanadi. Texnologiya smartfonga o‘rnatilishi va murakkab geografik sharoitda yashovchi yuqori xavf darajasiga ega aholi guruhini kuzatib bora oladi. Qimmatbaho diagnostika uskunalari, masalan, rentgen apparatlari yoki texnik ekspertiza bo‘lmagan joyda sun’iy intellekt mobil telefon mikrofoni bilan yordamga kelishi mumkin.
Ushbu sun’iy intellekt tizimi hozirda dunyodagi asosiy infeksiyaga qarshi kurashda yordam bermoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har kuni 30 ming kishi silga chalinadi va 4,5 mingga yaqin inson ushbu kasallikdan vafot etadi. Mazkur kasallikni davolash mumkin, ammo millionlab odamlarga tashxis qo‘yish imkonsiz. Hindistonning o‘zida ushbu kasallikdan har yili chorak million odam vafot etadi.
Google o‘zining sun’iy intellekt bazaviy modeliga yo‘tal, tumov, aksirish va nafas olish kabi butun dunyo bo‘ylab to‘plangan 300 million audiyozuvlarni joylashtirgan. Google HeAR nomini olgan sun’iy intellekt modeli endilikda sil kasalligini aniqlashda yordam beradi. Sun’iy intellekt yo‘tal shakllaridan kasallikning dastlabki belgilarni aniqlaydi, bemorlarni ajratib, keyingi tekshiruvlar va davolash uchun navbatga qo‘yadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?