14:04 / 12.09.2024
41

Xakerlar musobaqasiga tayyorgarlik avjida

Xakerlar musobaqasiga tayyorgarlik avjida
Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari «Intercontinental Tashkent» mehmonxonasida «Cyberkent 2» musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonning axborot xavfsizligi bo‘yicha eng yirik kiber musobaqaga start berildi. Bu amaliyot milliy kiberxavfsizlik jamoalarini bir joyga jamlaydi.

Blue teams
Mazkur jamoadan o‘zlarining virtual infratuzilmasiga amalga oshirilgan hujumlarni muvaffaqiyatli bartaraf etish talab etiladi.

Red teams
Ushbu jamoaning asosiy vazifasi tizim boshqaruvini qo‘lga kiritish uchun, tizimdagi zaifliklarni aniqlashdan iborat.

"Cyberkent 2" tadbirida ishtirok etayotgan barcha uchun quyidagi qoidalar amal qilishi shart:

Halollik va ochiqlik: Barcha ishtirokchilar topshiriqlarni hal qilishda faqat o‘z bilim va tajribalaridan foydalanishlari kerak. Har qanday firibgarlik yoki boshqa ishtirokchilarga nisbatan nojo‘ya harakatlar qat’iyan man etiladi.

Ishtirok etish: Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida bir yo‘nalishda va bir jamoa tarkibida ishtirok etishlari mumkin.

Axborot xavfsizligi: Tadbir davomida olingan har qanday ma’lumot faqat amaliyot doirasida qo‘llanilishi kerak. Shaxsiy yoki korporativ ma’lumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilish taqiqlanadi.

Ishtirokchilarning xulq-atvori: Tadbir davomida ishtirokchilar bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Tizimlar yoki boshqa ishtirokchilarning huquqlarini buzadigan har qanday xatti-harakatlar cheklangan.

Ko‘mak va yordam: Ishtirokchilar topshiriqlarni hal qilish jarayonida yordam olishi mumkin, lekin bu yordam faqat rasmiy tarzda taqdim etilgan ko‘mak va hujjatlar bilan cheklangan bo‘lishi kerak.

Qoidalarni buzish: Qoidalarni buzgan ishtirokchilar darhol tadbirdan chetlatiladi va ular tadbir natijalariga ta’sir ko‘rsatish huquqidan mahrum qilinadi.

Ushbu qoidalar ishtirokchilarning samarali va xavfsiz tarzda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishlariga imkon yaratadi va tadbirning umumiy adolatli o‘tishini ta’minlaydi.

G‘OLIBLARNI RAG‘BATLANTIRISH

Bluye teams:
1-o‘rin – 50 000 000 so‘m
2-o‘rin – 30 000 000 so‘m
3-o‘rin – 10 000 000 so‘m

Red teams:
1-o‘rin – 50 000 000 so‘m
2-o‘rin – 30 000 000 so‘m
3-o‘rin – 10 000 000 so‘m

Ochiq topshiriqlar:
1-o‘rin – 10 000 000 so‘m
2-o‘rin – 6 000 000 so‘m
3-o‘rin – 3 000 000 so‘m

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar musobaqasiga tayyorgarlik avjida