07:00 / 14.09.2024
8

OpenAI fikrlashga qodir birinchi o1 modelini chiqardi

OpenAI fikrlashga qodir birinchi o1 modelini chiqardi
Foto: OpenAI
OpenAI o‘zining o1 deb nomlangan eng yangi generativ modelini chiqardi. Bu murakkab savollarga odamlarga qaraganda tezroq javob berishga o‘rgatilgan «tafakkurli» neyron tarmoqlarining «birinchi qaldirg‘ochidir».

Kompaniya o1 bilan birga kichikroq va arzonroq o1-mini versiyasini ham taqdim qildi. Ko‘rinishidan, bu juda shov-shuvli Strawberry loyihasi bo‘lib, u hatto kompaniya ichida ham sir tutilgan.

Bu ChatGPT asoschilari tomonidan asosiy maqsad — inson ongiga monand sun’iy intellekt yaratish sari yana bir qadamdir. Agar amaliy innovatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, yangi mahsulot avvalgilariga qaraganda kod yozish va ko‘p bosqichli muammolarni hal qilishda yaxshiroq ishlaydi. Lekin u ham qimmatroq va sekinroq.

Model, shuningdek, o‘rganish texnikasi (Reinforcement Learning, RL) asosida xatolarni mustaqil ravishda tuzatishga qodir. U, shuningdek, so‘rovlarni ko‘rib chiqish uchun «fikrlar zanjirini» ishga tushirishi mumkin, xuddi odamlar qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich yengib o‘tishi kabi. Boshqacha qilib aytganda, u o‘zini tekshirishi va kelajak uchun ma’lum xulosalar chiqarishi, ularni xotirasida saqlashi mumkin. Bularning barchasiga qaramay, hali gallyutsinatsiyalardan butunlay xalos bo‘lishning iloji yo‘q, deb tan oldi ishlab chiquvchilar. Muammo saqlanib qolmoqda, ammo kamroq darajada.

Ammo matematikada u allaqachon suvdagi baliq kabi. Taqqoslash uchun, GPT-4o Xalqaro matematika olimpiadasi dasturidagi masalalarning atigi 13 foizini to‘g‘ri yechdi, o1 esa 83 foiz ball to‘pladi.

o1 ortidagi ta’lim oldingi usullardan tubdan farq qiladi, dedi Jerri Tvorek, kompaniyaning tadqiqot direktori. Ular model uchun turli xil algoritmlar va yangi ma’lumotlar to‘plamidan foydalangan. Kompaniya model hali yosh ekanini ta’kidlab, ushbu relizni «dastlabki ko‘rik» deb atamoqda.

ChatGPT Plus va Team foydalanuvchilari 13 sentyabrdan boshlab o1 va o1-mini imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Enterprise va Edu mijozlari keyingi hafta boshidan. Keyinchalik, OpenAI «mini» modelini ommaga beg‘araz taqdim qilishni ko‘zlamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OpenAI fikrlashga qodir birinchi o1 modelini chiqardi
ePN