Foto: The Independent
Taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 16 liniyasi smartfonlariga talab Apple kutganidan past bo‘ldi. U kompaniya saytida chop etilgan qurilmalarni yetkazib berish zanjiri va muddatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi.
Birinchi haftada to‘rtta qurilmadan iborat yangi iPhone seriyasidan 37 millionga yaqin smartfon sotilgan. O‘tgan yili chiqarilgan iPhone 15 liniyasi bilan solishtirganda, bu ko‘rsatkich 13 foizga kamaydi.
Savdoning pasayishiga asosan iPhone 16 Pro va 16 Pro Max «aybdor»: ularning sotuvi o‘tgan yilgi shu kabi modellarga nisbatan 27 foizga kamaydi. Asosiy 16-model va iPhone 16 Plus talab bo‘yicha o‘zidan oldingi modellarni ortda qoldirdi, ammo bu Pro versiyalariga qiziqishning pasayishini qoplash uchun yetarli emas edi.
Kuo so‘zlariga ko‘ra, talabning kamayishi sabablaridan biri shundaki, iPhone 16 Pro va 16 Pro Max dastlab Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi – ularning ba’zilari oktyabr oyida, iOS 18.1 chiqarilgandan so‘ng ishlaydi. Bundan tashqari, dastlab ular faqat AQSH hududida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi