00:04 / 18.09.2024
10

Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi

Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
Foto: macrumours.com
Amerikaning Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi - yangilanishni allaqachon iPhone XS dan boshlab barcha smartfon egalari yuklab olishi mumkin. Kompaniya shuningdek, yangilangan iPadOS 18 ni ham chiqardi.

iOS 18 endi Android smartfonlari bilan xabar, video va fotosurat almashish uchun mo‘ljallangan RCS protokolini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, foydalanuvchilar matn terish indikatorini ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi. iMessage yangi formatlash opsiyalari va matn effektlari, shuningdek, kechiktirilgan jo‘natmalar funksiyasiga ega bo‘ldi.

Bosh ekran uchun mo‘ljallangan keng ko‘lamli sozlamalar paydo bo‘ldi - endi vidjetlar va dastur piktogrammalarining o‘lchamini, rangini va joylashuvini o‘zgartirish mumkin, shuningdek, blokirovka ekranini sozlash uchun ko‘proq imkoniyatlar mavjud. «Photos» ilovasi butunlay qayta ishlab chiqildi.

Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalari hozircha mavjud emas, ammo oktyabr oyida iOS 18.1 chiqadi va unda ushbu funksiyalar cheklangan tarzda joriy qilinishi mumkin. Shu bilan birga, tasvir yaratish, matn bilan ishlash vositalari takomillashtiriladi, shuningdek, Siri ovozli yordamchisi yanada rivojlantiriladi.

IPadOS 18 tizimiga foydalanuvchilar iltimosiga ko‘ra «Kalkulyator» ilovasi qo‘shildi. Shuningdek, Notes orqali endi matematik masalalarni, jumladan diagramma va grafiklardan foydalangan holda yechish mumkin. Bundan tashqari, iPad bosh ekranini sozlash imkoniyatlari, shuningdek, qayta ishlangan «Boshqarish markazi» va yorliqlar paneli joriy qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple korporatsiyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqardi
ePN