20:28 / 26.09.2024
33

Hamster Kombat tokenlarini O‘zbekistonda qanday qonuniy sotish mumkin?

Hamster Kombat tokenlarini O‘zbekistonda qanday qonuniy sotish mumkin?
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Hamster Kombat o‘yini va uning HMSTR kripto-aktivi bo‘yicha axborot xabari e’lon qildi.

Internetdagi ochiq manbalardan (rasmiy veb-sayt, White Paper deklaratsiyasi, ijtimoiy tarmoqlardagi loyiha profillari, Telegram va boshqa resurslar) olingan ma’lumotlarga asoslanib, The Hamster Foundation — loyiha tashkilotchilari TON ekotizimi (tarqatilgan ma’lumotlar reyestri) doirasida Hamster Kombat o‘yinining web3 o‘yinchilari uchun Airdrop jarayonini amalga oshirish uchun HMSTR tokenining chiqarilishini e’lon qildi.

Shu bilan birga, coinmarketcap.com axborot resursi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tokenga “Yagona kripto-aktiv identifikatori” (UCID) — № 32195 berilgan hamda mazkur token listingini amalga oshirishni rejalashtirgan elektron platformalar haqida ham ma’lumot taqdim etilgan. Agentlik axborotida keltirilishicha, ushbu tokenning xalqaro kripto-platformalarda ro‘yxatga olinishining aniq sanasi bo‘yicha savollar loyiha tashkilotchilariga yuborilishi kerak.

Qabul qilingan HMSTR tokenlarini O‘zbekistonda faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar orqali, agar ular kripto-birja kotirovka ro‘yxatiga yoki kripto-do‘konning savdo savatiga kiritilgan bo‘lsa, xarid qilish yoki sotish mumkin bo‘ladi.

Agentlik ushbu turdagi tokenlar juda o‘zgaruvchan bo‘lib, aksariyat hollarda foydali funksionalligi yo‘qligi sababli ro‘yxatga kiritilgandan so‘ng qisqa vaqt ichida qadrsizlanishini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, fuqarolardan xushyor bo‘lishlarini, loyiha bo‘yicha norasmiy ma’lumotlar manbalari orqali olingan ma’lumotlarga ishonmasliklarini, shuningdek, ushbu tokenlarni xarid qilish/sotish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan shaxslarga ishonmasliklarini hamda turli firibgarlik sxemalari qurboni bo‘lmasliklarini so‘radi.

O‘zbekiston hududida kripto-aktivning turi yoki nomidan qat’i nazar, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunchilik darajasida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hamster Kombat tokenlarini O‘zbekistonda qanday qonuniy sotish mumkin?