2016 yil 21-23 sentyabr kunlari keng qamrovli va yorqin xodisalarga boy ICT Expo 2016 An’anaviy axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda UMS mobil operatori ilk bor ishtirok etdi. Tadbirda kompaniya taqdim etgan asosiy mahsulot – yuqori tezlikdagi “to‘rtinchi avlod” Interneti bo‘lib, uning imkoniyatlari ko‘rgazmaning minglab ishtirokchilariga Samsung va Huawei mobil qurilmalari yordamida namoyish etildi.
ICT Expo 2016 ishtirokchilari UMS stendi oldida Internet tezligini o‘lchab ko‘rishlari, katta hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish va yuklashlari, virtual reallik ko‘zoynaklari yordamida yuqori tiniqlikdagi videorokliklarni ko‘rishlari mumkin bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, o‘lchovlar davomida UMSning 4G LTE Interneti download-tezligining eng yuqori ko‘rsatchiklari rekord natija – 143,93 Mb/sgacha etib bordi. Shunday ekan, UMS mobil operatori yana bir bor peshqadam data-operator ekanligini isbotladi.
Aytib o‘tish joyizki, UMS kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida 4G LTE tarmog‘i ishga tushirilganiga uch oydan biroz ko‘proq vaqt o‘tdi. Birinchi haftaning o‘zida unga 10 mingdan ziyod abonentlar ulangan bo‘lsa, xozirda ushbu ko‘rsatkich 89 ming nafar abonentga etdi.
Tegishli ravishda 1000 va 2000 daqiqa, megabayt va SMS-xabarlarini o‘z ichiga olgan UMSning yangilangan «Maxi New» va «Ultra» tarif rejalari ham ICT Expo 2016 ko‘rgazmasida namoyish qilindi. Stend mehmonlari UMS tarmog‘i ichida bepul ko‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga imkon beruvchi «Super 0» xizmati bilan tanishib chiqishdi. Mobil operator xodimlari kompaniya faoliyatiga qiziqish bildirgan tadbirning barcha ishtirokchilari savollariga javob qaytarishdi va ularga maslahatlar berishdi.
Bundan tashqari, An’anaviy axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasida UMS mobil operatori o‘zining amaldagi va yangi abonentlari uchun «Bonus Like!» tanlovini o‘tkazdi. Tanlovning oddiy shartlarini bajarib, ular bepul mobil Internet trafigi olish huquqini beruvchi sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Shunday qilib, kompaniya interaktivlik va stend mehmonlari bilan jonli suhbatga katta e’tibor qaratdi.
“UMS kompaniyasi telekommunikasiya sohasining eng yuqori darajadagi tadbirlarida ishtirok etishga intiladi. ICT Expo ko‘rgazmasi bunga yorqin misol bo‘la oladi. An’naga ko‘ra, bu yilda ham ushbu ko‘rgazma milliy AKT bozori ishtirokchilari uchun eng muhim voqealardan biri bo‘ldi. Yangi texnologiyalar, eng oxirgi rusumdagi mobil qurilmalar, 4G tarmog‘i imkoniyatlari hamda ko‘plab boshqa mahsulot va xizmatlar namoyish etildi. Kompaniyamizning ijobiy imidjini qo‘llab-quvvatlashga, brendimiz ixlosmandlari bilan suhbatlashishga, ularga e’tiborimizni namoyon qilishga imkon yaralganidan judayam mamnunmiz”, - deya ta’qidladi “UMS” MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.
UMS mobil operatori ko‘rgazma tashkilotchilari, hamkorlar va barcha mehmonlarga samarali o‘tkazilgan tadbir uchun o‘z tashakkurini izhor etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”