Foto: Getty Images
Amerikaning ixcham samolyotlar ishlab chiqaruvchi Joby Aviation kompaniyasi 2025 yil oxirigacha Nyu-York va Los-Anjelesda “havo taksisi”ni ishga tushirishni rejalashtiryapti. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Innovatsion ixtiro avtomobillar va vertolyotlarga muqobil sifatida ko‘rilyapti. Joby Aviation mazkur loyiha uchun Tayota, Delta Airlines va Uber'dan katta miqdorda sarmoya jalb qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat narxi Uber Black tarifi darajasida bo‘ladi – taxminan 100−200 dollar. Keyinchalik bu Uber XL tarifi narxlariga tushishi mumkin – 50-100 dollar.
eVTOL Joby'ning asosiy afzalliklaridan biri uning past shovqin darajasidir. Kompaniya bosh direktori Joben Bevirtning ta’kidlashicha, 500 metr balandlikda qurilmadan chiqadigan ovoz daraxtlardagi shamol ovoziga o‘xshaydi. NASA parvozning shovqin darajasini atigi 45,2 detsibel deb qayd etdi, bu muzlatkichning ovozidan ham sokinroq.
Avvalroq, Joby Aviation Janubiy Koreya hukumati bilan hamkorlikda odamlarning tirband shaharlar bo‘ylab harakatlanishini osonlashtirishga qaratilgan konsepsiya ustida ishlayotgani xabar qilingandi. Elektrda harakatlanadigan uchar taksi 4 nafar yo‘lovchi va 1 nafar uchuvchi sig‘imiga ega bo‘lishi, soatiga 321 km tezlikda harakatlana olishi va oddiy vertolyotga qaraganda 100 martagacha shovqinsizroq bo‘lishi xabar qilingandi.
Shuningdek, Joby Aviation Dubayda ham havo taksisini ishga tushirish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Ushbu xizmat 2026 yilgacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, birinchi bosqichda 4 ta vertiport ochiladi: shahar aeroporti, Palm-Jumeyra, Dubay Marina va shahar markazida. Uchar taksi xizmati ishga tushirilgach, Palm-Jumeyradan aeroportgacha bo‘lgan yo‘l vaqti 45 daqiqadan 10 daqiqagacha qisqarishi mumkin.
Uchar taksilar zamoni boshlanyaptimi?
Yaqin orada shaharlararo sayohatlarga ketadigan vaqt 75 foizga qisqarishi mumkin. Bu — vertikal uchish va qo‘nish samolyotlari (VTOL — inglizcha qisqartmasi) orqali reallikka aylanadi. Ular vertolyotlarga o‘xshab ketadi, biroq qanotlari vertolyotnikidan boshqacha. Yana VTOL'lar uchishi va qo‘nishi uchun maxsus yo‘laklar shart emas. O‘z nomi bilan ular qo‘nish maydonchalarisiz vertikaliga ucha oladi va qo‘nadi.
VTOL'lar tirband shaharlarda yo‘lovchilarni turli manzillarga tashishi, tez yordam mashinasi yoki yetkazib berish xizmati uchun transport vazifasini bajarishi mumkin.
Uchar mashinalar — VTOL'lardan foydalanish boshqa transportlarga qaraganda arzonroq tushadi. Qolaversa, bu transport vositasi tabiatga zarari nisbatan kamroq ham. Sababi uning harakatlanishi uchun elektr batareyalardan yoki vodorod kabi toza yoqilg‘ilardan foydalaniladi.
VTOL'lar qanday harakatlanadi?
VTOL'lardan har qanday hududda foydalanish mumkin, lekin alohida yo‘lak talab qilinmasligi sababli ular, ayniqsa, shahar hududlariga mos keladi. AQSHning Aurelia Aerospace kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, VTOL'larning qanotlari vertolyotlarnikidan boshqacharoq ekani sababli ular uzoqroq va balandroq ucha oladi. Masalan, kompaniyaning Aurelia Q1 modelidagi “uchar mashina” 2,5 soatgacha va 20 km balandlikkacha ucha oladi.
Yevropa Ittifoqi Aviatsiya xavfsizlik agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yuk tashishga mo‘ljallangan VTOL'lar uchuvchisiz harakatlanishi ehtimoli ko‘p. Biroq odam tashiydiganlarini uchuvchilar boshqarishi kutilmoqda. Lekin texnologiyalar taraqqiy etavergani sayin yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan VTOL'lar ham uchuvchisiz harakatlanishi hech gap emas. Ular avtomatlashtirilgan tarzda boshqariladi.
AQSHning Boeing kompaniyasi shahar havo transportiga oid yo‘l xaritasini e’lon qilgan. Kompaniyaga ko‘ra, VTOL'larning yuk hajmi ko‘payib ketmasligi uchun ular uchuvchisiz harakatlangani ma’qulroq.
Yangi avlod VTOL'lari uchun poyezd, avtobus va aeroport kabi an’anaviy transport vositalari bilan bog‘lanish imkonini beruvchi maxsus transport markazlari kerak bo‘ladi. Bunday markazlar “vertiportlar” deb ataladi. Dunyoda birinchi vertiport sifatida atalayotgan loyiha Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida 2022 yilning yozida sinovdan o‘tkazilgandi. Loyiha shahar konsulligi va Urban-Air Port kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan.
Ixcham samolyot, Joby Aviation kompaniyasi, Havo taksisi, Vtol “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”