Foto: Moritz Seidel / ETH Zürich
Syurixdagi Shvetsariya oliy texnika maktabi olimlari o‘ziga xos lazer qurilmasini yaratdi. Ushbu yangi texnologiya tarixdagi eng kuchli o‘ta qisqa lazer impulslarini hosil qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, nazariy jihatdan bu impulslar qisqa vaqt davomida 100 ming dona changyutgichni ishga tushirish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lardi.
Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, lazer ko‘pincha uzluksiz va to‘plangan yorug‘lik nuri sifatida tasavvur qilinadi. Biroq uning boshqa turlari ham mavjud. Masalan, ilm-fanda ko‘pincha juda qisqa vaqt — soniyaning milliarddan bir qismidan ham kamroq davom etadigan qisqa impulslar zarur bo‘ladi. Bu yo‘nalishda Shveysariya muhim yutuqqa erishdi.
Olimlar ishlab chiqqan lazer qurilmasi o‘rtacha quvvati 550 W bo‘lgan juda qisqa impulslar hosil qiladi. Bu avvalgi rekorddan 50 foiz yuqori. Noyob qurilma maksimal quvvati 100 MW'gacha bo‘lgan impulslarni yaratishi mumkin. Ular 1 pikosekunddan kam vaqt davom etadi — tadqiqotchilar buni “sekundning milliondan bir ulushining milliondan bir ulushi” deb ta’kidladi. Shu bilan birga, qurilma bir soniyada 5 million impuls ishlab chiqaradi.
Noyob ishlanmani yaratish uchun shveysariyalik mutaxassislar chorak asr davomida qisqa impulsli diskli lazerlarni takomillashtirish ustida izlanish olib bordi. Yaqinda ular ko‘zgularning maxsus joylashuvini qo‘lladi.
Ular lazer ichidagi yorug‘likni diskka bir necha marta yuboradi, shundan keyingina u chiqish ko‘zgusiga yetib boradi. Bu texnologiya yorug‘likni sezilarli darajada kuchaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, olimlar yarimo‘tkazgich materialdan maxsus ko‘zgu yaratdi. Unga tushayotgan yorug‘lik qanchalik kuchli bo‘lsa, ko‘zgu shunchalik ko‘p yorug‘likni qaytaradi.
Tadqiqotchilar ishlanma o‘z samarasini ko‘rsatganidan xursandligini ta’kidladi. Ularning aytishicha, yangi lazerdan turli sohalarda foydalanish mumkin. Masalan, u juda aniq soatlar yasashda qo‘l kelishi mumkin. Shuningdek, texnologiya turli materiallarga ishlov berishga yo‘naltiriladi.
Shvetsariya olimlari, Lazer qurilmasi, Impulslar, Rekord darajada, Kuchli lazer “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi