Konditsioner oʻrnini bosuvchi mato yaratildi

1 daqiqa o'qish112
Konditsioner oʻrnini bosuvchi mato yaratildi
Foto: AP
Jengjou universiteti (Xitoy) va Janubiy Avstraliya universiteti (UniSA) muhandislari tana hamda shahar muhiti ob'yektlarining haroratini pasaytirishga qodir matoni ishlab chiqdi.

“Gazlamaning haroratni passiv tarzda pasaytirish qobiliyati konditsionerlar uchun barqaror muqobil variant boʻlib, energiya sarfini tejash va anomal issiq paytlarda elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish imkonini beradi”, — deydi Science Bulletin jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflaridan biri, UniSA mutaxassisi Yangje Hou.

Uch qavatli salqinlik

Sinovlar mato quyosh nuri va issiqlikni 97 foizgacha bloklashini koʻrsatdi. Houning aytishicha, unda radiatsion sovitish tamoyili qoʻllanilgan — bu tabiiy jarayon boʻlib, materiallar issiqlikni atmosferaga chiqarib yuboradi.

“Issiqlikni ushlab turadigan oddiy matolardan farqli oʻlaroq, uch qatlamdan iborat boʻlgan ushbu mato teskari ta'sirni namoyon qiladi”, — deb tushuntirdi u.

Yuqori qatlam issiqlikni samarali tarqatadigan polimetilpenten tolalaridan iborat. Oʻrta qatlam kumush nanooʻtkazgichlar bilan toʻldirilgan boʻlib, ular matoning qaytarish qobiliyatini oshiradi va tanaga issiqlik oʻtishiga toʻsqinlik qiladi. Pastki qatlam esa jundan tashkil topgan, u hatto eng kuchli jaziramada ham issiqlikdan himoya qiladi.

Oʻlchash jarayonida, yangi mato harorati an'anaviy toʻqimachilik matolarining haroratidan 2,3 gradus pastroq, atrof-muhit haroratidan esa 6,2 gradus salqinroq boʻlib chiqdi.

Tadqiqotchilar oʻz ishlanmalarining keng qoʻllanishi istiqbolini koʻrmoqda. Ular yangi texnologiya kiyim-kechak, qurilish materiallari va koʻcha mebellarida oʻz oʻrnini topishiga umid qilmoqda.

Hozircha asosiy toʻsiq ishlab chiqarish jarayonining qimmatligida. Olimlar ta'kidlashicha, texnologiyani tijoratlashtirish uchun qoʻshimcha tadqiqotlar va ideal holatda davlat koʻmagi zarur.

“Odamlarning mato uchun koʻproq pul toʻlashga tayyor yoki yoʻqligi uning sovitish samaradorligi, chidamliligi, qulayligi hamda insonlardagi ekologik ong darajasiga bogʻliq boʻladi”, — deb qoʻshimcha qildi ular.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?