Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi bir nechta Android’dagi smartfonlarni chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Ulardan biri Geekbench samaradorlik testida qayd etildi, deb yozmoqda "Daryo" sayti.
Nokia D1C katta ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmagan arzon smartfon bo‘ladi.
Geekbench’dagi ma’lumotlarga qaraganda, yangi D1C sakkiz yadroli 64 bitli Qualcomm Snapdragon 430 prosessoriga hamda 3 Gb operativ xotiraga ega bo‘ladi. U haqda hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.
Uskuna Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi.
D1C’dan tashqari, Nokia yana uch yoki to‘rt uskunani taqdim etadi; ular orasida smartfonlar va planshetlar bo‘ladi.
Gadjetlar shu yil oxiriga qadar, Nokia’ning Microsoft bilan kelishuvi yakunlanganidan so‘ng taqdim etilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”