Xalqaro shifokorlar jamoasi fitnes-trekerlardan foydalanish jismoniy tarbiya jadalligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatib berishdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot The Lancet Diabetes and Endocrinology jurnalida nashr etildi. Bu haqida "Kun" nashri xabar berdi.
Olimlar yil davomida 800 kishining sog‘lig‘i (og‘irligi, qon bosimi va yurak urish tezligi) va jismoniy faoliyat intensivligini kuzatib borishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining ayrimlari fitnes-bilaguzuk taqqani uchun pul mukofotlari ham olishdi.
Dastlabki 6 oyda moliyaviy rag‘batlantirish olgan ishtirokchilar jismoniy faollikning ortganini qayd etishdi. Biroq bir yildan so‘ng ularning ko‘rsatkichi dastlabki darajaga qaytdi.
Pul mukofotini olmagan ishtirokchilarda bir yil o‘tib, aerobik jismoniy faollik davomiyligi o‘sishi kuzatildi (o‘rtacha haftasiga 16 daqiqa). Shuningdek, tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu salomatlikni sezilarli darajada yaxshilash uchun ahamiyatsiz ko‘rsatkich sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi