Foto: YouTube
Apple rasmiy saytida kompaniyaning eskirgan mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi, ular orasida bir nechta iPhone va Apple Watch modellari ham bor.
Kompaniya iPhone 6s Plus hamda iPhone XS Max smartfonlarini rasman «vintaj», ya’ni eskirgan qurilmalar toifasiga kiritdi. Bu shuni anglatadiki, Apple hamda sheriklikdagi servis xizmatlari ushbu qurilmalarni faqat foydalanuvchida ehtiyot qismi bo‘lsa ta’mirlab beradi.
Bundan tashqari, alyuminiy va zanglamas po‘latdan ishlangan Apple Watch Series 2 soatlari ham eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga qo‘shildi, ammo keramik korpusli Series 2 soatlari hozircha ro‘yxatga qo‘shilgan emas.
iPhone 6s va iPhone 6s Plus 2015 yilda taqdim etilgan to‘qqizinchi avlod ayfonlari sanaladi. Ularning o‘rnini 2016 yilda iPhone 7 va iPhone 7 Plus egalladi. 2018 yilda iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR taqdim etilishi bilan iPhone 6s va iPhone 6s Plus chiqarilishi to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi