18:27 / 18.11.2024
13

O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)

O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Amerikalik muhandislar Kevin Tan va Kelli Fang gpTea nomli noodatiy choynak to‘plamini ishlab chiqdi. Qurilma choyni o‘zi quyadi va ChatGPT neyrotarmog‘i yordamida siz bilan suhbat quradi.

Foto: Lifehacker.ru
To‘plam shaffof chashka va harakatlanuvchi stendga joylashtirilgan qora choynakdan iborat. Unga suv va quruq choy solingach, qurilmaning o‘zi avtomatik tarzda ichimlikni isitadi va damlangan ichimlikni chashkaga quyadi.

Foto: Lifehacker.ru
Foydalanuvchi chashkani qo‘lga olishi bilan gadjet tilga kiradi va bugungi kun qanday o‘tganini so‘raydi. gpTea turli hikoya va yangiliklarni aytib berishni taklif qilishi ham mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, aqlli choynak foydalanuvchiga yaqin do‘sti bilan dildan suhbatlashish hissini beradi.

Foto: Lifehacker.ru
Chashkaning tagida monoxrom dumaloq displey o‘rnatilgan. Unda hikoyalarni to‘ldirib boruvchi sun’iy ravishda yaratilgan suratlar paydo bo‘ladi. Qurilmadan bir vaqtning o‘zida ikki kishi dunyoning turli chekkasida turgan holda foydalanishi mumkin.

Hozircha gpTea prototip variantdir, garchi uning bir nechta nusxalari yaratilgan bo‘lsa-da, ixtironi sotuvga chiqarish masalasi noma’lumligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)