13:45 / 09.10.2016
6 418

Samsung televizorlar uchun botiq qutini ixtiro qildi

Samsung televizorlar uchun botiq qutini ixtiro qildi

Samsung kompaniyasi qayrilma shakldagi quti uchun patent rasmiylashtirdi, deb yozadi «Daryo». Nashr quti televizorlarni solish uchun mo‘ljallanganini taxmin qildi. Hujjat AQSh patent byurosi tomonidan e’lon qilindi.

Quti boshqa qutilardan farqli xususiyatlarga ega emas. Ammo qayrilma shakl konstruksiyaning mustahkamligiga va zarar etishlarga chidamliligiga qanday ta’sir o‘tkazishi noma’lum. Televizor tashishga bu ta’sir qilishi kerak emas, chunki quti biroz botiq, xolos.

Botiq quti ishlanmasi ustida to‘rt kishi mehnat qildi. Patent arizasi 2015 yil iyunida berilgan bo‘lib, endigina patent byurosi tomonidan ma’qullandi.

Qayrilma qutidan tashqari, Samsung sovitgich uchun vino bokalini qo‘yadigan uskuna, foydalanuvchi interfeysi elementlari, changyutgich uchun cho‘tka va 29 ta boshqa ixtirolar uchun patent oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung televizorlar uchun botiq qutini ixtiro qildi