Foto: Anadolu Agency
Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti (TOBB ETÜ) 5 kubitli mamlakatdagi birinchi kvant kompyuterni taqdim etdi.
Kvant kompyuter — bu ma’lumotlarni qayta ishlashda kvant fizikasi qonunlaridan foydalanuvchi qurilma. Bitlar (0 va 1) bilan ishlovchi oddiy kompyuterlardan farqli ravishda kvant kompyuterlar kubitlardan foydalanadi. Bu unga murakkab masalalarni klassik kompyuterlardan sezilarli darajada tezroq yechish imkonini beradi. Xususan, an’anaviy kompyuterlar minglab yil sarflaydigan vazifalarni kvant kompyuter bir necha soniya ichida amalga oshiradi.
5 kubitli turk kvant kompyuterining tizimi hozircha dastlabki bosqichda, ammo allaqachon optimallashtirish, kriptografiya, molekular modellashtirish va sun’iy intellekt kabi sohalarda o‘z potensialini namoyish etib ulgurgan.
TOBB ETÜ universiteti o‘zlarining maqsadi — kvant texnologiyani real sektorga, jumladan, tibbiyot, energetika va moliya sohalariga joriy etish uchun sharoit yaratishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Bunday ixtirolar davlat ilmiy dasturlari va xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik yordamida amalga oshirilmoqda.
Oliy ta’lim maskani vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 5 kubitli kvant kompyuter — bu birinchi qadam xolos. Yaqin yillarda texnologiyani rivojlantirish, kubitlar sonini oshirish va kvant hisoblash imkoniyatlarini kengaytirish reja qilingan.
«Ma’lumki, kvant kompyuter mamlakat iqtisodiyotida juda muhim. Masalan, undan yadroviy reaksiyalarni aniq modellashtirish, hisoblarni tez amalga oshirish, reaktorlar ishini optimallashtirish va yangi materiallarni ishlab chiqish orqali atom energetikasida foydalanish mumkin, bu esa sohaning samaradorligi hamda xavfsizligini oshiradi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Amerikaning Google korporatsiyasi o‘ta kuchli kvant kompyuterini yaratishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qilgandi – u superkompyuter 47 yil sarflaydigan masalaning yechimini bir necha soniya ichida topadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi