Foto: Reuters
Amazon matn, surat va video bilan ishlashga qodir o‘zining generativ sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi, deb xabar beradi The Information.
Qayd etilishicha, ushbu yangilik kompaniyaga Anthropic startapi mahsulotlariga bo‘lgan bog‘liqligini kamaytirishga xizmat qiladi. Anthropic'ning Claude chatboti Amazon Web Services platformasida ancha mashhur ilova hisoblanadi.
Olympus kodli nomi ostidagi yangi katta til modeli suratlar va videodagi obyektlarni tanishga qodir, masalan, u matnli so‘rov bo‘yicha basketbol o‘yini videosidagi kerakli lahzani topishga yordam beradi.
Bundan oldin Amazon OpenAI'ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Anthropic kompaniyasiga yana 4 milliard dollar sarmoya kiritishi ma’lum bo‘lgandi. Sentyabr oyida Amazon ushbu startapga sarmoya yo‘naltirdi va generativ sun’iy intellekt texnologiyasi ortidan pul ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Olympus bulutli platformalar mijozlari uchun keyingi hafta o‘tkaziladigan AWS re:Invent konferensiyasida taqdim etilishi mumkin.
«Amazon o‘z xatti-harakatlari orqali Google, Microsoft va OpenAI generativ sun’iy intellekt sohasida shubhasiz yetakchi degan fikrga barham bermoqchi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?