Foto: Jim West / Alamy
Yaponiyaning Shinshu universiteti olimlari jahon energetika muvozanatini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan texnologiyani taqdim etdi. Ular suvdan foydalanib, quyosh energiyasini vodorod yonilg‘isiga aylantira oladigan tajribaviy reaktor yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Garchi jarayonning samaradorligi hali kutilgan darajadan pastroq bo‘lsa-da, bu kashfiyot allaqachon mutaxassislar orasida katta qiziqish va hayrat uyg‘otmoqda.
Tajribada 100 kvadrat metr maydoniga fotokatalitik varaqlar o‘rnatildi. Ular quyosh nuri ta’sirida kimyoviy reaksiyani boshlab, suvni kislorod va vodorodga ajratadi. Hosil bo‘lgan vodoroddan ekologik toza yonilg‘i sifatida foydalanish mumkin.
Yangi texnologiyaning asosiy xususiyati ikki bosqichli jarayondan iborat. Birinchi bosqichda kislorod ajratib olinadi, ikkinchisida esa vodorod. Bunday yondashuv “bir bosqichli” katalizatorlardan foydalanishda yuzaga keladigan qator muammolarning oldini olishga imkoni beradi.
Reaktor prototipi tabiiy quyosh nurida ushbu jarayon samaradorligi sun’iy yorug‘likka qaraganda balandroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Biroq hatto eng qulay sharoitlarda ham quyosh energiyasini yonilg‘iga aylantirish darajasi hozircha atigi 1 foizni tashkil etmoqda, bu tijoriy miqyosda qo‘llash uchun yetarli emas. Olimlar ushbu texnologiyani ommaviy qo‘llash uchun yanada samaraliroq fotokatalizatorlar yaratish va reaktorlar ko‘lamini kengaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.
Vodorod yonilg‘isi ishlab chiqarishda xavfli mahsulot — oksigidrogen hosil bo‘ladi, u portlash xavfini tug‘dirishi mumkin. Uni zararsizlantirish uchun olimlar maxsus ikki bosqichli utilizatsiya jarayonini ishlab chiqdi.
“Agar quyosh energiyasini qayta ishlash samaradorligini amaliy darajaga yetkazsak, bu energetika sohasida inqilobga aylanadi”, — dedi tadqiqot bosh muallifi Kazunari Domen.
Vodorod yonilg‘isi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishning eng istiqbolli yechimlaridan biridir. U nafaqat issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradi, balki transport, ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun barqaror energiya bilan ta’minlaydi.
Texnologiyaning keng miqyosda joriy etilishiga hali ancha bor bo‘lsa-da, olimlar bu shunchaki vaqt masalasi ekaniga ishonmoqda. Reaktorlarning samaradorligi oshgach, toza energiya rivojlanishining yangi bosqichi haqida gapirish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Bashar Asad armiyasi nega tezda qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi?
AQSH Moliya vazirligi Kiyevga 20 mlrd dollar qarz haqida e’lon qildi
Bolgariya Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
Osiyo chempionati. Asilbek Jalilov Filippin vakilini taslim qildi va chempionga aylandi
Suriya muvaqqat hukumati rahbari Muhammad al-Bashir haqida nimalar ma’lum?