Foto: RBK
Telegram messenjeri o‘z veb-saytida messenjer siyosati yoki qonunlarini buzuvchi kanallar hamda kontent bloklangani haqidagi ma’lumotlarni joylashtirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yilda messenjerda jami 15,3 millionta guruh va kanallar bloklangan.
“Telegram har kuni o‘n minglab guruhlar va kanallarni bloklaydi hamda uning xizmat ko‘rsatish shartlarini buzuvchi millionlab kontentni, jumladan, zo‘ravonlikka chaqiriqlar, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik materiallarini tarqatish va noqonuniy mahsulotlarni sotish kabilarni o‘chirib tashlaydi”, deyiladi xabarda.
Joriy yil davomida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik mavzusiga oid materiallarni o‘z ichiga olgan deyarli 702 ming guruh, shuningdek, terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 129 mingga yaqin guruh va kanallar bloklangan. Terrorizmga oid 100 milliondan ortiq kontent olib tashlangan.
Telegram'ning ma’lum qilishicha, 2015 yildan beri moderatsiya jarayoni foydalanuvchilar shikoyatlarini qabul qilish bilan bir qatorda mashinali o‘rganishga asoslangan faol monitoringni o‘z ichiga olgan. Bu yil esa sun’iy intellektga asoslangan moderatsiya vositalari joriy etilgan.
Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada messenjerda yetarlicha moderatsiya yo‘qligi va rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblanib, 24 avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. U Telegram orqali bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda gumon qilingan. Tadbirkor 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiya bo‘limiga xabar berish majburiyati evaziga qo‘yib yuborilgan.
6 dekabr kuni Durov bu ish bo‘yicha birinchi marta so‘roq qilindi. Telegram o‘z hisobotida kontentni moderatsiya qilish va sud organlari bilan hamkorlik qilish amaliyotini amaldagi Fransiya qonunchiligiga qat’iy muvofiq ravishda olib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, kompaniya kontentni tekshirish uslubini takomillashtirayotgani hamda moderatsiya jamoasini kengaytirayotganini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Bashar Asadning Rossiyadagi ehtimoliy joylashgan hududi ma’lum qilindi
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi