
«Yandeks» qidiruv xizmati foydalanuvchilar tomonidan 2014 yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, so‘rovlarning 95 foizi kundalik hayotning turli jabhalari − ta’lim, turmush muammolarini echish, ko‘ngilohar sohalar bo‘lgan. Foydalanuvchilar turli atamalar va notanish so‘zlar, yangi so‘zlar, memlar, yangi xizmatlar, bayramlarning ma’nosini qidirgan.
2010−2013 yillarda deyarli bir xil so‘zlar: «sevgi», «imxo», «lizing», «epitet», «akkaunt», «wi-fi», «franshiza» kabilar ko‘p izlangan. 2014 yilda esa eng ko‘p qidirilgan 25 ta so‘zdan 13 tasi yangi bo‘lgan. So‘nggi 5 yilda ilk marta «sevgi» so‘zi 1-o‘rinni egallay olmagan. «Selfi» birinchi, «maydan» ikkinchi, «SNILS» uchinchi ko‘rsatkichni qayd etgan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar