
Kult oʻyin Need for Speed: Underground 2’ning Unreal Engine 5 asosida yaratilgan remaster versiyasining demo talqini chiqarildi. Bu yangilangan talqinda Bayview shahri qayta tiklangan, oʻyinning mexanika, fizika va effektlari sezilarli darajada yaxshilangan, deb xabar beradi iXBT.com.
Demo versiyada avtomobil sozlash tizimi, test-drayv va original saundtrek mavjud. Kelgusida ishlab chiquvchilar toʻliq karera rejimi va onlayn oʻyin imkoniyatlarini qoʻshishni va'da qilmoqda.
Profil nomi sifatida “UnlockEverything” kiritilsa, demo talqindagi barcha elementlar ochiladi. Hozirda oʻyin faqat klaviatura, sichqoncha va Xbox kontrollerlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Demo versiyaning hajmi 2,2 GB ni tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar